empty
 
 

Texnik tahlil – bu turli xil vaqt oraliqlaridagi ma'lumotlarni taqqoslash yo'li bilan narx harakatini bashorat qilish va bozorning o'zini tutish qonuniyatlarini aniqlash usulidir. Foreksda narx bilan ishlashda texnik tahlilning qo'llanilishi ko'pchilik treyderlar uchun juda zarur hisoblanadi.

Texnik tahlil uchta umum qabul qilingan tamoyilga asoslanadi:

1. Bozordagi harakatlar hamma narsani hisobga oladi

Narxga doimo turli xil tashqi qo'zg'atkichlar tomonidan ta'sir ko'rsatib turiladi, biroq texnik tahlil narx harakatiga ta'sir qiluvchi siyosiy, iqtisodiy va psixologik omillarni o'rganish majburiy emasligini nazarda tutadi, chunki narxning rivolanishidagi bosh ko'rsatkich xususan narx hisoblanadi. Omillardan istalganining har qanday ta'siri narxda hisobga olingan va aks ettirilgan, shuning uchun o'rganishning bosh ob'ekti aynan u bo'ladi.

2. Narxning harakati ma'lum yo'nalishga bo'ysinadi

Texnik tahlil qo'llanganda trendning ahamiyatini tushunish zarur. Texnik yondashuvning bosh maqsadi narxning harakatlanish yo'nalishini aniqlashdan iborat bo'lib,keyinchalik ana shu yo'nalishga muvofiq savdo qilishdir.

Trendlarning uch turi mavjud:

•  xo'kiz, banda narx o'sadi

•  ayiq, bunda narx pasayadi

•  yon tomon, narx harakatida ma'lum bir yo'nalishga ega emas

Odatda, narx harakati vaqtida trendning turlaridan har birini aniqlab topish mumkin, biroq asosiysi tarzida doim bittasi ishtirok etadi. Shuningdek shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yo'nalishning o'zgarishi u uzatadigan ma'lum bir aniq signallardan so'nggina yuz beradi.

3. Tarix takrorlanmoqda.

Mazkur tamoyil insoniyat tarixi davomida qoidalar va tahlilning ma'lum turlari o'zgarmaydi, degan tasdiqqa asoslangan bo'lib, bu turli vaqt oraliqlarida narx harakati yo'nalishi ko'p karra takrorlanishni ko'rsatadi.

Texnik tahlil usuli bilan bozor dinamikasini o'rganish avvalo grafiklar vositasida tadqiq etiladi. Bunda asosiy vositalar quyidagilar hisoblanadi:

•  ossillyatorlar

•  yapon shamlari

•  barlar (kesmalar) grafiklari

•  chiziqli grafik

•  trendli indikatorlar

•  to'lqinli tahlil

Texnik tahlil valyuta bozorida narxlarning harakatini bashorat qilishning asosiy vositasi bo'lishi mumkin. Mazkur uslub professional treyderlar va Foreks tahlilchilari tomonidan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda, ularning ko'p yillik tajribasi savdoda texnik tahilning qo'llanilishi maqsadga muvofiq ekanligidan dalolat bermoqda.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback