empty
 
 
ForexCopy tizimi bo'yicha savollar

Do you have any questions?

We have the answers. We created this section with the most frequently asked questions about the affiliate program, trading conditions, the PAMM system, registration, verification, and other issues.
ForexCopy tizimi bo'yicha savollar
ForexCopy tizim nima?

Bu tizim ForexCopy Treyderning bitimlaridan haqiqiy vaqt rejimida nusxa olishga va ularni ForexCopy Obunachilarning hisob-varaqlarida avtomatik ochishga imkon beradi. Bunda ForexCopy Obunachilar har bir ForexCopy Treyderning bir sutkadagi nusxa olinadigan bitimlari miqdorini tartibga solishlari, nusxa olinadigan lotlarning nisbatini va o'z hisob-varag'iga nusxa ko'chirish uchun ma'lum bir vositalarni tanlashlari mumkin.


Men ForexCopy Obunachi sifatida qanday vositalar bo'yicha va qanday nisbat bilan ochiladigan lotlar mening hisob-varag'imga bitimlar nusxasi ko'chirishni tanlab olishim mumkinmi?

Ha, Siz barcha bitimlarning ham, nusxasi olinadigan lotlarning oldingdan chiqarilgan nisbati bilan ma'lum vositalar bo'yicha bitimlarning ham nusxasini ko'chirib olishingiz mumkin.


ForexCopy Treyder nusxa ko'chirish uchun komissiyani qachon oladi?

ForexCopy Treyderga komissiya quyidagi hollarda hisob qilinadi:
– ForexCopy Treyderning yoki ForexCopy Obunachining tashabbusi bilan obuna to'xtatilgan paytda;
– rolloverning funksiyasini aktivatsiyalanishi bilan, bunda ForexCopy Obunachining hisob-varag'ida bitimlardan nusxa ko'chirish obunani to'xtatmasdan davom ettiriladi;
– agar ForexCopy Treyder "Obuna kuni narxi" har kunlik to'lov usulini tanlagan bo'lsa, u holda u komissiyani har kuni soat 23:30 GMT+2 da oladi.


Agar men ForexCopy Obunachi bo'lsam, ForexCopy Treyderning nusxasi ko'chirilgan bitimni, agar u haqiqatan ham zararli deb hisoblasam, uni bekor qila olamanmi?

Siz uni MetaTrader terminalida yopishingiz mumkin, lekin uni bekor qila olmaysiz.


Obunaga talabnoma avtomatik tarzda qabul qilinadimi yoki ForexCopy Treyder obunani tasdiqlashi kerakmi?

Bitimlardan nusxa olishga barcha talabnomalar avtomatik tarzda ham, dastaki rejimda ham ForexCopy Treyderning xohishiga bog'liq qabul qilinishi mumkin. Agar talabnoma 72 soat (3 sutka) davomida ma'qullanmagan bo'lsa, u avtomatik ravishda bekor qilinadi.


ForexCopy tizimida bitimlardan nusxa olish tezligi qanday?

MetaTrader terminalida orderlarning paydo bo'lishida kechikish 15 sekundgachani tashkil etishi mumkin, lekin orderlar ForexCopy Treyderning hisob-varag'ida ochilgan orderlar bilan bir xil bo'ladi.


Valyuta juftliklarining qo'lda tanlashda nima uchun uncha katta bo'lmagan ro'yxatdan foydalanish mumkin?

Mazkur ro'yxatda juda tez-tez foydalaniladigan vositalar taqdim etilgan. Agar Siz "InstaForeksning barcha savdo vositalari"dan nusxa olish sozlashini tanlashangiz, u holda treyder savdo qiladigan bracha vositalardan nusxa olinadi, shu jumladan fyucherslar, aksiyalar va hokazolardan nusxa olinadi.


ForexCopy Treyder men uning bitimlariga obuna bo'lgan vaqtimda komissiyani o'zgartirdi. Men komissiyani eski shart bo'yicha to'laymanmi yoki yangisi bo'yichami?

Obuna tugaguncha Siz komissiyani mazkur ForexCopy Treyderga obuna bo'lishda rozi bo'lgan eski shart bo'yicha to'laysiz, ayni paytda yangi ForexCopy Obunachilar bitimlardan yangi shart asosida nusxa olishadi.


Agar ForexCopy Treyder nusxa ko'chirilgan orderni modifikatsiya qilsa, ForexCopy Treyder nusxa ko'chirilgan orderni modifikatsiya qilsa, ForexCopy Obunachida orderning sozlanishi o'zgaradimi?

Ha, ForexCopy Obunachida ham orderning sozlashlari o'zgaradi.


Agar ForexCopy obunachida ForexCopy Treyderga komissiyani to'lash uchun mablag' etmasa, demak, treyder uni olmaydimi?

Agar shunday holat yuz bersa, ya'ni ForexCopy Obunachida ForexCopy Treyderga komissiyani to'lashga mablag'i yetarli bo'lmasa, u holda mazkur vaziyatda komissiya bo'yicha qarzni qoplashga barcha olish mumkin bo'lgan mablag'lardan yopiladi, ayni paytda qoldiq tizimda qayd etilganda va ForexCopy Obunachining hisob-varag'i to'ldirilgandan so'ng, lekin obuna tugangandan 72 soat (3 sutka)dan kechiktirilmagan holda yechib olinadi.


Men ForexCopy Treyderdan obunani bekor qila olamanmi?

Ha, Siz ma'lum bir ForexCopy Treyderdan obunani bekor qila olasiz, lekin buning uchun mazkur treyderdan nusxa olingan va ayni paytda ochilgan bitimlarni yopish zarur.


ForexCopy Treyder o'z hisob-varag'idan bitimlarning nusxasini ForexCopy Obunachiga ko'chirib olishni bekor qilishi mumkinmi?

Ha, ForexCopy Treyder ForexCopy Obunachini o'z hisob-varag'idan bitimlarni ko'chirib olishni bekor qilishi mumkin, lekin bunda treyderning hisob-varag'idan nusxa ko'chirib olingan barcha bitimlar obunachining hisob-varag'ida yopilgan bo'lishi kerak, shuningdek obunachidan olinadigan komissiya 0 dan katta bo'lishi kerak.


Kechiktirilgan orderlarni ForexCopy Obunachining hisob-varag'iga ko'chirish qanday amalga oshiriladi?

Kechiktirilgan orderlar ForexCopy Treyderdan Obunachining hisob-varaqlariga ular ForexCopy Treyderning hisob-varag'ida aktivatsiyalash paytida nusxa ko'chiriladi.


Bitimlardan nusxa ko'chirishni boshlash uchun ForexCopy Obunachining hisob-varag'ida minimal balansga talablar mavjudmi?

Ha mavjud, ForexCopy Obunachining hisob-varag'ida bitimlardan nusxa olishni boshlash uchun kamida 10 USD (bonus mablag'laridan tashqari) bo'lishi kerak.


Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback